Fanlar / Huquqiy axborot texnologiyalari (legal tech)

2-mavzu

Normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy e’lon qilish

Namuna savollar

Quyidagilardan qaysi biri qonunlar e’lon qilinadigan rasmiy manba hisoblanadi?
  1. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi
  2. Vazirlikning rasmiy Telegram kanali
  3. Norasmiy huquqiy ma’lumotnoma tizimi
  4. Universitetning huquqiy portali
Javob

A) Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi — Milliy baza, «Qonunchilik to‘plami», palatalar Axborotnomasi, «Xalq so‘zi» va «Narodnoye slovo» gazetalari qonunlar uchun rasmiy manbalardir. («Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi Qonun 39-m. 1-q.)

Normativ-huquqiy hujjat matni Adliya vazirligiga kelib tushgach, milliy bazada qancha muddatda rasmiy e’lon qilinadi?
  1. Bir kun ichida
  2. Uch kun ichida
  3. Besh kun ichida
  4. O‘n kun ichida
Javob

A) Bir kun ichida — Hujjatlar milliy bazaning rasmiy e’lon bo‘limida matnlar Adliya vazirligiga kelib tushganidan keyin bir kun ichida e’lon qilinadi. («Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida»gi Qonun 17-m. 1-q.)

A.ga vazirlikning rasmiy e’lon qilinmagan buyrug‘i asosida jarima qo‘llandi. Bu qanday baholanadi?
  1. Asossiz: hujjat rasmiy e’lon qilinmagan
  2. Qonuniy: hujjat vakolatli organ qabul qilgan
  3. Qonuniy: A. hujjat mazmunidan xabardor edi
  4. Qonuniy: hujjat rahbar tomonidan imzolangan
Javob

A) Asossiz: hujjat rasmiy e’lon qilinmagan — E’lon qilish NHHni qo‘llashning majburiy sharti; rasmiy e’lon qilinmagan hujjat asosida hech kim javobgarlikka tortilishi mumkin emas. («Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi Qonun 38-m. 1, 6-q.)

Bu mavzuda 4 ta savol bor — qolgani ilovada, har javobdan keyin izoh bilan.