Yordam

Savollar.

Eng ko‘p so‘raladiganlari shu yerda.

DOYSE nima?

Huquqiy ta’lim platformasi: sayt va Telegram ilovasi, profil bitta. Abituriyent milliy sertifikatga, talaba seminar va imtihonga tayyorlanadi, ustoz jonli seminar o‘tadi. Har savol tagida kodeks moddasi yoki darslik bobi ko‘rsatiladi.

Nima kerak?

Talabaga Telegram va internet yetarli. Ustozga doska uchun kompyuter yoki proyektor kerak, boshqaruv esa telefondan.

Ustoz qanday ulanadi?

Saytga Telegram orqali kiring va Ustoz bo‘limida ariza qoldiring yoki @doyse_uz_bot ga yozing. Tasdiqdan keyin sinf ochasiz, talabalarga havola yoki QR yuborasiz. Ikki sinf va 60 talabagacha bepul.

Talaba qanday kiradi?

Ustoz bergan havola yoki QR orqali. Masofaviy guruhda ro‘yxatdan o‘tish shart emas, ism kiritiladi.

Qaysi fanlar bor?

Sakkiz fan rejada. Qaysilari ochiq ekanini Fanlar sahifasida ko‘rasiz.

Pullikmi?

Asosiy imkoniyatlar bepul. Premium qo‘shimcha mashq va imkoniyatlarni ochadi. Narx ilova ichida ko‘rsatiladi. To‘lov Payme, Click yoki Telegram Stars orqali.

Ma’lumotlarim kimga ko‘rinadi?

Jurnal va davomatni faqat ustozingiz ko‘radi. Guruh reytingida ism faqat guruh ichida ko‘rinadi. Bu saytda hech qanday talaba ismi yoki natijasi yo‘q.

Savol yoki taklif bo‘lsa?

Botga yozing yoki kanalni kuzating.

Boshqa savol bormi?